01-12-2025 17:50

Obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi


Obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi Toyloq tumanida obodonlashtirish va atrof-muhitni yanada chiroyli qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bugun tuman rahbari hamda bir guruh tashkilot vakillari bilan birgalikda navbatdagi obodonlashtirish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha yangi vazifalar belgilab olindi. O`rganishda Sariosiyo Talliota, Bog'izog'on, Do'stlik, Tepaqishloq, Galabotir, Elipok mahallalarida olib borilishi lozim bo'lgan bunyodkorlik va tozalash ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, asosiy yo‘l yoqalarida daraxt ekish, gulzorlar barpo etish, yo‘l chetlarini tekislash bo‘yicha bajariladigan ishlar ko'rib chiqildi. Tuman rahbari bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishini, har bir mahalla o‘ziga xos go‘zal qiyofaga ega bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishini ta’kidladi.

Teglar
- -