Obodonlashtirish ishlari qizg'in ketmoqda
Obodonlashtirish ishlari qizg'in ketmoqda Toyloq tumanida obodonlashtirish va atrof-muhitni yanada ko'kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bugun viloyat hokimligi vakillari, tuman rahbari hamda bir guruh tashkilot vakillari bilan birgalikda navbatdagi obodonlashtirish jarayonlari tahlil qilindi. Tumanning kirish qismidan boshlanib, Birlik, Adas, Shopo‘lot, Navzandak, Yastepa hamda Xo‘jaqishloq mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik va tozalash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mahallalardagi asosiy yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, daraxt ekish, gulzorlar barpo etish, yo‘llarni asfaltlash kabi ishlar yuzasidan fikr almashildi.



