Navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi
Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Tuman hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman tashkilotlari rahbarlari va mutasaddi vakillar ishtirok etdi. Yig‘ilishga tuman hokimi Behzod Raxmatullayev raislik qildi. Majlis davomida hududlarni obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tuman tashkilot rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ulaning bandligini taʼminlash, “Yashil makon” loyihasi doirasida ishlarni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tegishli tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



