Mas’ullar taʼlim muassasalaridagi isitish tizimini o‘rganmoqda
Mas’ullar taʼlim muassasalaridagi isitish tizimini o‘rganmoqda Bugun tuman hokimligi mas’ullari tomonidan umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida isitish tizimining holati o‘rganildi. O‘rganish davomida ular 2-, 3- va 4-sonli umumta’lim maktablari, shuningdek, 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, sinf xonalari hamda guruh xonalarining harorati bilan tanishdilar. Mas’ullar isitish tizimlarining ishlash jarayonini, ichki harorat darajasini hamda mavjud kamchiliklarni ko‘zdan kechirdilar. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar bilan ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



