Mahallada yangi ish o'rni yaratildi
Mahallada yangi ish o'rni yaratildi Toyloq tumanidagi Q’o’rg'oncha mahallasida qad rostlagan zamonaviy ovqatlanish maskani foydalanishga topshirildi. Ochilishda mahalla faollari, nuroniylar qatnashib, ushbu maskan el-u xalqqa sifatli xizmat ko'rsatishini tilab duolar qilishdi. Tadbirkor Botirjon Hayitov tomonidan tashkil etilgan yangi umumiy ovqatlanish maskanida 10 ta yangi ish o'rni yaratilib, mahallada ishsiz yurgan fuqarolar ishli bo'ldi.



