insurez
29-11-2024 09:54

Korrupsiya - jamiyat kushandasi


   

  Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida  yurtimizda joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar  “Aksilkorrupsiya oyligi" deb e’lon qilingan bo‘lib, oylik doirasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
  Ana shunday tadbirlardan biri Toyloq tumanida o‘tkazildi. Samarqand viloyat FVB hamda Toyloq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman IIB mas’ul xodimlari ishtirokida tuman FVB shaxsiy tarkibi bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi. 
    Unda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, ishlarni me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiya xavf-xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralar haqida tushunchalar berildi.

Teglar
- -