insurez
05-12-2024 16:46

Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati


   O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida davra suhbati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari ishtirok etgan tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, qolaversa, unda advakatura bobi kiritilganligi, ularning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.  
     Shuningdek, Bosh qomusimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligi, davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilganligi ta’kidlandi.

Teglar
- -