"Jaholatga qarshi - ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi.
Toyloq tumanidagi 5 hamda 6-umumta'lim maktablarida maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Z.Avazov, Respublika ayollar targ‘ibot guruhi tuman rahbari, "Qo‘shchinor" gazetasi muharriri M.Yo‘ldosheva ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish qamrov darajasini oshirish, ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishini bartaraf etish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarining tarqalishining oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurash, tumanda o‘tkaziladigan to‘y-marakalarni kamxarajat qilib ixcham o‘tkazish chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.