insurez
23-11-2024 12:21

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash zamon talabi


 

   Bugun Toyloq tumanida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirok etdi va “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. 
   -Tumandagi 21 ta korxona va tashkilotlar bilan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ikki tomonlama “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi, -deydi J. Haqberdiyev. 
    Har haftaning muayyan bir kunida barcha korxona, tashkilotlarda “Ma’rifat soatlari”ni o‘tkazish, ta’lim muassasalarida esa haftaning har juma kuni “Ma’naviyat soati”ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. 
   Tumanda aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida 19 ta kitob do‘konlari va kutubxonalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilda tumanning Charog‘bon MFYda “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
    Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini targ‘ib qilish, yoshlarni milliy adabiyotga, ona-Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Adabiyotga e’tibor–kelajakka e’tibor” shiori ostida 20 ta chekka va og‘ir mahallalarda “Kitob bayrami” tadbirlari tashkil etildi. 23 oktyabr kunidan 27 noyabr kuniga qadar tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi Respublika yosh kutubxonachilar III-forumi doirasida 10 dan ortiq tadbir va loyihalar amalga oshirildi.
   Tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish borasida 2024-yilning o‘tkan davrida mahalla faollari va ziyolilar bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi - ma’rifat” mavzusida 50 ta mahallalarda, 61 ta umumta’lim maktablari hamda 2 ta Kasb-hunar maktablarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
   Shuningdek, hududda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida turli mavzularda mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida 1 000 dan ortiq ma’naviy ma’rifi tadbirlar o‘tkazildi.
   Shundan, joylarda 229 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir,  mahallalarda va tuman markazida 34 ta festival, 17 ta ijodiy kecha, 112 ta kitobxonlik aksiyalari va yarmarkalari, 25 ta sahovat va muruvvat tadbirlari, 341 ta aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar, 50 ta mahallalarda erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, 120 marta aholini buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, 36 ta ma’rifat soatlari, 3 ta ilmiy-amaliy seminarlar, 2 ta anjuman va konferensiya (videokonferensiya) hamda 11 ta ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi.
O‘tkazilgan tadbirlarda jami 26541 nafardan ortiq aholining turli qatlamlari qamrab olindi. Shundan, 3681 nafari davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, 164 nafari san’at va madaniyat xodimlari, 24 nafari shoir va yozuvchilar, 211 nafari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va soha mas’ullari, 36512 nafari yoshlar va o‘quvchilar, 1981 nafari xotin-qizlar, 300 nafari nuroniylar, 920 nafari “Temir daftar”, 1350 nafari “Ayollar daftari” hamda 1225 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni tashkil etadi.
   Ommaviy axborot vositalari orqali ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga tushuntirish, aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhitni yaxshilash, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan” Harbiy xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan oilalari holidan xabar olindi. “BEHBUDIY HAYOTI – BARCHAMIZGA O‘RNAK”, “Bir asrning ikki dahosi”, "Uchinchi renessansni bilimli yoshlar quradi", “Zulfiya” mukofoti sohibasi o‘quvchi-qizlar bilan uchrashdi.
    Tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit va targ‘ibot ishlari holatini o‘rganish maqsadida 72 ta monitoring ishlari olib borildi.

Teglar
- -