insurez
13-07-2024 12:56

Hokim yordamchilari haqiqatdan ham hokimga yordamchi bo‘la olayaptimi?


    Mamlakatimizda ilk bor “mahallabay” tizimi asosida, barcha mahallalarda “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi va ularning  vazifalari - mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlashga yordam berish etib belgilandi.
   Toyloq tumanida bu borada qanday ishlar amalga oshirilyapti? Hokim yordamchilari haqiqatdan ham tuman rahbariga yordamchi bo‘la olayaptimi? Bugun tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida o‘tkazilgan press-tur davomida shu savollarga javob izlandi. 
Tumanning 1-sektor hududidagi Bog‘izog‘on mahallasida o‘tkazilgan press-tur davomida hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdik. 

    -Mahallamizda 722 ta xonadon, 915 ta oilalarda 3972 ta aholi istiqomat qiladi, -deydi Bog‘izog‘on mahallasi hokim yordamchisi Sherzod Usmonov. -Mahallaning “o‘sish no‘qtalari” xizmat ko‘rsatish va issiqxona yo‘nalishlari hisoblanadi. Mahallada “Sayxunobod” va “Uychi tajribasi” asosida  5 ta xonadon tanlab olinib, jami 68 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratib berildi. Qolaversa, aholi bandligini ta’minlash maqsadida joriyilning o‘tgan davri davomida 27 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 124 nafari o‘zini-o‘zi band qildi, 21 nafar fuqarolar faoliyati legallashtirildi, 24 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari, 8 ta kichik biznes sub’yektlari tashkil etildi.
     Press-tur dasturiga asosan dastlabki manzilimiz “Farxod-Maysara” MCHJ mebel ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. Korxona 2023 yilda hokim yordamchisi ko‘magi ostida tadbirkor Furqat Orziqulov tomonidan tashkil etilgan va 5 ta ish o‘rni yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tadbirkorga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 100 mln so‘m kretid ajratilgan. 


Shu mahallada yashovchi Ortiqova Ruxshonaga oilaviy tadbirokrlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida  33 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi va u tomorqasida 2 sotixlik  issiqxona tashkil etdi. Issiqxonada pomidor ekib, daromad olmoqda. 
    Qo‘lida guldek hunari bor Mehribon Davronova 3-4 ta tikuvchilik mashinkasi olib, tadbirokrlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida hokim yordamchisiga murojaat qildi. Ajratilgan 17 million so‘mga 3 ta zamonaviy tikuvchilik mashinkasini xarid qildi va tadbirokrlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bugun Mehribon hunari ortidan daromad olish bilan birga mahalladagi xotin-qizlarga tikish-bichish sirlarini o‘rgatmoqda.

Teglar
- -