Har bir rahbar maktab ta’limi uchun mas’ul — bu harakatdir!
Har bir rahbar maktab ta’limi uchun mas’ul — bu harakatdir!
Bugun yurtboshimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor ta’kidlab o‘tildi. Shu munosabat bilan Toyloq tumani hokimi hamda hududdagi barcha rahbarlar tomonidan ta’lim sohasiga bo‘lgan mas’uliyat yana-da kuchaytirilmoqda.
“Ta’lim — bu kelajakni qurishdir. Har bir rahbar bu qurilishda bosh me’mor bo‘lishi kerak,” degan shior ostida tuman rahbari barcha tashkilot va idoralar rahbarlarini maktablar bilan yaqindan hamkorlik qilishga, ularning muammolarini joyida hal etishga, o‘quvchilarga munosib shart-sharoitlar yaratishga chaqirdi.
Endilikda “Har bir rahbar maktab ta’limi uchun mas’ul” degan ibora shunchaki shior emas, balki amalga oshiriladigan harakat, mas’uliyatli yondashuv va hamkorlik tamoyiliga asoslangan tashabbus sifatida hayotga tatbiq etiladi.