insurez
29-10-2025 19:20

Hamkorlik memorandumi imzolandi


Hamkorlik memorandumi imzolandi

Toyloq tumani hokimligi hamda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatni Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev ta‘lim vakillari ishtirokida imzolashdi. 
Memorandumning asosiy maqsadi — Toyloq tumani va Buxoro viloyati ta’lim tizimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, innovatsion pedagogik metodlarni rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish hamda o‘qituvchi va tarbiyachilarning malakasini oshirish yo‘nalishida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Teglar
- -