11-12-2025 21:43

Go‘sht narxining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi


Go‘sht narxining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Yangi yil bayrami arafasida aholining talabi yuqori bo‘lgan mahsulotlaridan biri —go‘shtning bozordagi narxi barqarorligini saqlash maqsadida bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida tadbirkorlar va qassoblik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda bayram oldi narxlarning sun’iy oshirilishi, bozorlarda yetarli miqdorda go‘sht mahsulotlari bo‘lishi, aholiga qulay sharoit yaratish va savdo madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarga go‘sht yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, aholi uchun maqbul narxlarni saqlab qolish, halol va shaffof savdo tamoyillariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilishda qassoblar tomonidan mavjud muammolar va takliflar tinglandi, ularni bosqichma-bosqich hal etish uchun mas’ullar belgilandi.

Teglar
- -