Fuqarolarning murojaatlari tinglandi
Bugun Toyloq tumani 3-sektor rahbari Oybek Xo‘jamov Adas mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, elektr-energiyasi, kredit olish, yer kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Murojatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berildi.