insurez
11-12-2024 15:23

Chorshanba qabul kuni


     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tjazildi.     
    Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari J.Xo‘jamurodov, N.Kambariddinova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Z. Ziyodullaev,  idora va  tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, subsidiya asosida uy-joy olish, elekt energiyasi, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -