Buzilishlarni oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazorati oshiriladi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid qonun buzilishlarni oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazorati oshiriladi
Bugungi kunda joylarda qonunbuzilish holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Bugun Toyloq tumani hokimligida tuman hokimi B.Raхmatullayev, Mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi raisining o'rinbosari N.Mavlonov, viloyat qurilish nazorat inspeksiyasi boshlig'i A. Shukurovlar ishtirokida mazkur tartibga muvofiq amalga oshiriladigan vazifalar belgilanib, mahallalar hududidagi noqonuniy qurilishlar, ko‘p kvartirali uy-joylardagi o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilishlar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda vakolatli organlarga xabar berish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.
Batafsil: https://www.facebook.com/share/19iFZaJmZu/?mibextid=ZbWKwL