Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz! 25-noyabr – Xalqaro ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 10 kunlik» dolzarb tadbirlari doirasida Baxshitepa MFY faollari tashabbusi bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida chellenj tashkil etildi. Tadbir davomida zo‘ravonlikning oldini olish, oilada totuvlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot, aholi hamda keng jamoatchilik vakillariga tushuntirish ishlari olib borildi. Baxshitepa MFY faollarining ushbu sa’y-harakatlari jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, ayollar va bolalarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi ezgu ishlarning amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.



