"Birlashib, ko`chat ekib, bog` yarataylik!"
"Birlashib, ko`chat ekib, bog` yarataylik!" 🌲Yashil makon umummilliy harakati doirasida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida viloyat hokimining o'rinbosari Navro'z Raxmonov, tuman prokurori, tuman IIB hamda hokimlik apparat xodimlari ishtirokida "Hokimlik bog'i" yaratildi. Bog'da 3 turdagi 33 tup archa ko'chatlari o'tqazildi. Ekilgan har bir ko'chat hokimlik mas'ullariga unib o'sishi hamda parvarishlash va ishlov berish uchun biriktirildi.



