insurez
18-08-2025 08:00

Asosiy maqsad-xalq roziligi


Asosiy maqsad-xalq roziligi

   Bugun erta tongdan Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Jumabozor, Jalolobod, Saribozor hamda  Xo'jaqishloq mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
    Behzod Raxmatullayevich o'z so'zini to'y va marosimlarni qisqartisih, aholi bandligini ta'minlash, migrasiyadan qaytarish, jinoyatchilikdan holi  mahallaga aylantirish, ajrimlarni oldini olish kabi dolzarb masalalardan boshladi.
    Qolaversa, mahalla raisi va yettiligining vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari tinglandi.
    Sayyor qabulda ko‘p qavatli uyni ta’mirlashda yordam berish, katta yo‘lga yo‘l belgilari o‘rnatiish, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, suyultirilgan gaz balonni o‘z vaqtida almashtirib berish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
   Ushbu murojaatning  ayrimlari ijobiy hal etildi, vaqt talab etiladigan murojaat ijroga qaratilgan bo‘lsa, ba'zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

Teglar
- -