Amaliy ishlar jadal davom etmoqda
Aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratilmoqda ✔️So‘nggi kunlarda yurtimizda havo sifatining pasayishi munosabati bilan Toyloq tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish va havo muhitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar jadal davom etmoqda. ✔️Tumandagi asosiy ko‘chalar, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari hamda hududlardagi manzarali daraxtlar maxsus texnika yordamida suv purkash usuli bilan yuvilib, changdan tozalanmoqda. Bunday tadbirlar havoda mayda zarrachalar to‘planishini kamaytirishga xizmat qiladi. ✔️Toyloq tumani hokimligi aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratish maqsadida chora-tadbirlar izchil davom ettirilishini ma’lum qiladi.



