Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Tuman hokimi B. Raxmatullayev rahbarligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda shtab rahbari B. Mamatov ishtirok etdi. Yig‘ilishda ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish, tumandagi barcha fuqarolarni jarayonga faol jalb qilish va ro‘yxatga olishni namunali tarzda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Tuman hokimi ro‘yxatga olish jarayoni tarixiy ahamiyatga ega ekanligini, ushbu jarayonda har bir mas’ul fidokorona mehnat qilishi va natijalarning haqqoniyligi ta’minlanishi muhim vazifa ekanligini ta’kidladi. Shu o‘rinda tumanimiz aholisini ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!



