Aholi murojaatlari tinglandi
Odamlarni rozi qilish bugun davlatimiz siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Xalqimizni ko‘p yillardan buyon o‘ylantirib, tashvishga solib kelayotgan muammolarga yechim topilib, yurtdoshlarimizning farovon turmush kechirishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bu borada respublikamizning turli hududlarida o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Xususan, bugun Toyloq tumanidagi Shopo‘lot mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Mamatjon Turdiyev hamda tuman sektorlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarola o‘zlarini qiynayotgan turli sohalarga oid masalalar yuzasidan rahbarlarga murojaat qilishdi.
Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlarni o‘rganib, qonuniy yechim topish maqsadida mutasaddilarga biriktirildi.