13-10-2025 18:51
Toyloq tumanida 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
Toyloq tumanida 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:
“Tashabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar tomonidan tumanimizdagi yechimi mablag‘ bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 1-mavsumida 132 ta takliflar qoldirilgan edi. “Ovoz berish” jarayonining yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 13 ta taklif tashabbuskorlari (tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi shakllangan mablag‘ga nisbatan) g‘olib deb topilib, ushbu tashabbuslarni amalga oshirish uchun tuzilgan loyixa-smeta xujjatlariga asosan 19 mlrd 283 mln.800 ming so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘naltirilgan mablag‘ hisobidan loyixa smeta xujjatlari asosida tumandagi 10 ta ichki yo‘llarni 27.8 km asfalt qilish uchun 14 mlrd. 983 mln 800 ming so‘m, mablag‘ ajratilgan. Ichki yo’llar bilan bog’liq 10 ta taklif loyiha smeta hujjatlariga asosan qurilish ta’mirlash ishlari tugatilgan.
Hududiy elektr tarmoqlar korxonasiga qarashli Xo‘jaqishloq MFY aholisini yangi Elektor energiyasi bilan ta’minlash uchun Adas elektir patstansiyasidan 10 kiloVatt havo tarmog‘ini tortish ishlari uchun 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo’lib loyixa smeta xujjatlari ishlab chiqilgan. Bugungi kunda buyurtmachi tashkilot Hududiy elektr tarmoqalari korxonasi tomonidan shaffof tendirga quruvchini aniqlash bo’yicha juda kech e’longa joylashtirilganligi sababli 28-avgust kuni MAXSUS SUV QURILISH INVEST MCHJ pudratchi tashkilot g’olib bo’lgan. Bugungi kunda loyiha smeta xujjatlariga asosan qurilish jarayonida.
Toyloq tuman olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markaziga 3 ta talabalar turar joyini va oshxonasini kapital tamirlash va hodimlar uchun avtoturargox qurish uchun 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo’lib loyiha smeta xujjatlariga asosan qurilish jarayonida.
Toyloq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qo‘shimcha bino qurish ishlari uchun uchun 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo’lib loyiha smeta xujjatlariga asosan qurilish jarayonida.
Toyloqdagi 2 ta mahallaga tanaffus beriladi. 2024-yilgi 2-mavsumda ham g‘olib chiqqan 2 ta mahalla bu mavsumda takroran g‘olib deb topildi. Ular orasida " Fayziobod " va "Yangi xayot" nomli mahallalari ham bor!
Shu sababli, ushbu mahallalar 2025-yilgi 2-mavsum va 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus oladi.
Bu mahallalar va ulardagi maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa tashkilotlar mazkur mavsumlarda loyiha bilan qatnasholmaydi.
2025-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:
So‘nggi yillarda mahalliy byudjetlar mustaqilligi, shaffofligi va ochiqligini hamda mahalliy byudjet xarajatlarini taqsimlashda jamoatchilik va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil
2-mavsumi (iyul-avgust oylarida) bo‘lib o‘tdi, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 20 mlrd 839 mln.so‘m mablag‘lar shakllangan. Shakllantirilgan mablag‘lar doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 2025-yil 15-iyuldan 31-avgust kuniga qadar to’rt bosqichda o‘tkazildi.
1-bosqich: 2025-yilning 15-iyuldan 3-avgust kuni oralig‘ida taklif qoldirish jarayoni orqali bo‘lib o‘tdi. Bunda fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “openbudget.uz” axborot portali orqali jami 147,1 mlrd. so‘mlik 111 ta takliflar bildirildi.
2-bosqich: 2025-yilning 4-avgustdan 18-avgustgacha takliflarni saralash jarayoni, barcha takliflar moderatsiyadan o‘tkazilib, ishchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va 100 ta takliflar qabul qilinib keyingi bosqichga o‘tkazildi. 11 ta takliflar belgilangan me’zonlarga (bir-birini takrorlovchi, shaxsiy xususiyatga ega va hokazolar) mos emasligi sababli rad etilib tashabbuskorlarga rad etilganligi to‘g‘risida sms orqali xabarnomalar yuborildi.
3-bosqich: 2025-yilning 19-avgustdan 21-avgustgacha “Targ’ibot bosqichi” o’tkazildi.
4-bosqich: 2025-yilning 22-avgustdan 31-avgust kuniga qadar ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi, bunda qabul qilingan takliflar doirasida ovoz berildi. Natijada eng ko‘p ovoz to‘plagan 14 ta takliflar (20 mlrd 450 mln 412 ming 500 so‘m) g‘olib deb topildi. Jumladan:
- 1 ta taklif bo‘yicha 1 mlrd 457,5 mln. so‘mlik 30-sonli maktabga jixoz xarid qilish;
- 1 ta taklif bo‘yicha 1 mlrd. 450 mln so‘mlik tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-umumta’lim maktabiga 150 o‘rinli oshxona hamda 150 o‘rinli faollar zali qurish;
- 1 ta taklif bo‘yicha 1,5 mlrd so‘mlik tuman Tibbiyot birlashmasi ShTTYOB moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun jixoz xarid qilish;
- 10 ta taklif bo‘yicha 14 mlrd 592,8 mln so‘mlik Bog’izon MFYda 3 ta loyiha Birlik, Bog’ichinor, Yastepa, Navbaxor, O’rtaqishloq, Beklar hamda Navzandak MFYlarda esa 1 tadan ichki ko’chalarini ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar;
- 1 ta taklif bo’yicha 1 mlrd 450 mln so’mlik Beklar MFYda Suv minorasi o’rnatish hamda aholiga tarmoq tortish bilan bog’liq tadbirlar;
Bugungi kunda ushbu loyixalarni amalga oshirish uchun loyixa smeta xujjatlari ishlab chiqilishi jaroyonida.

