12-06-2024 14:25
                   
                     Press-tur
                     
                      
                      

Joriy yilning 13-iyun kuni soat 10:00da Toyloq tumani hokimligi tomonidan press-tur o‘tkaziladi. Unda tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishiladi.
   Shuningdek,  14-iyun kuni  Toyloq tumani kabag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan press-tur o‘tkaziladi. 
Unda hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligi bilan tanishiladi. Media tadbir soat 10:00dan boshlanadi. 
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillarini mazkur tadbirlarga taklif etamiz.
                        
