Doimiy komissiya navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqdi
Joriy yilning 18-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi 90-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.Nuriddinovning 2024-yil I choragi davomida tumandagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati, tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevning tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Sharipovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi va kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.