insurez
16-03-2024 10:48


Toyloq tuman hokimi Bahodir Babonazarovning tuman yoshlariga bayram tabrigi.

Qadrli yoshlar! 

    Bugun 30-iyun - sizning kuningiz! Ushbu quvonchli kun bilan sizlarni chin qalbimdan tabriklayman!

    Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi. Bu kuch - quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, orzu-umid bilan bog‘langan o‘spirinlikdir.

    Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Hozir sizlar istiqbolning boshlanishida turibsiz.

    Ishonamanki, sizday shijoatli, g‘ayratli, vatanparvar yoshlarimiz bor ekan, yukimiz hech qachon yerda qolmaydi. Ko‘zlagan yuksak marralarimizni dadillik bilan zabt etaveramiz!
    Shak-shubha yo‘qki,  Yangi O‘zbekistonimizning yorqin istiqbolini, qadimiy Shovdorning ertanggi kelajagini biz Siz bilan quramiz!  
   
    Aziz yoshlar! 

    Sizlarni yana bir bor bugungi bayram - yoshlik, shijoat, kuch-qudrat va matonat ayyomi bilan, chin qalbimdan muborakbod etib,  o‘qish va ishlaringizda, oilaviy hayotingizda ulkan   muvaffaqiyatlar tilayman! Parvozingiz, intilishlaringiz bundan ham sarbaland bo‘laversin!

    Barchangiz bugun yetib borishingiz kerak bo‘lgan manzilning, zabt etishingiz lozim bo‘lgan yuksak cho‘qqilarning, erishishingiz shart bo‘lgan ulkan muvafaqqiyatlarning boshlanishida turibsiz. 
     Shu bois, olg‘a qadam tashlang, o‘zingiz va yaqinlaringizning yorqin kelajagi uchun qaror qiling, zafarlar uchun kuch toping, katta hayot sari qadam bosing. To‘xtamang, sinmang, maqsadingizdan hech qachon voz kechmang!
   Yana bir bor yoshlik bayramingiz muborak bo‘lsin!