Янгиликлар

Sog‘lom turmush tarzi - oila farovonligi asosi

   Ma’lumki, ayni kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
   Qolaversa, mazkur mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.  

XALQARO TURNIRDAN MEDALLAR SHODASI

   16-18-fevral kunlari Toshkent viloyati Keles shahrida erkin kurash bo‘yicha 2010-2011 (2012) yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Vyacheslavovich Chernov xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 
      Unda Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari Eshboyev Shamshirbek 1-o‘rinni, Abduhakimov Abdurauf va Baxtiyorov Baxtibek 3-o‘rinlarni egallab, oltin hamda bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.

Tozalik, ozodalik bor joyda qut-baraka bo‘ladi, ko‘rgan ko‘zlar quvonib, qalblar yashnaydi

   Bugun Toyloq tumanida hudud tozaligini saqlash hamda yanada obod bo‘lishini ta’minlash, joylarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari tomonidan obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borilmoqda.

   Mahallalar, guzarlar, ziyoratgoh joylar, bolalar maydonchalari, xiyobonlar, qabristonlar, tashkilotlar, ko‘chalar va ariqlarni tozalash, chiqindidan xoli hududga aylantirilib, daraxtlar oqlanib, ko‘plab yangi ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди