Sog‘lom turmush tarzi - oila farovonligi asosi
21.02.2024 - 10:33 Ma’lumki, ayni kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qolaversa, mazkur mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.