Янгиликлар

Ko'kalamzorlashtirish oyligi davom etmoqda

    Bugun ekilgan bir dona nihol kun kelib, katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi. 
    Toyloq tumanida joriy yilning kuz mavsumida 407 ming dona turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunga qadar hududda 51, 9 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 

Ta’til maroqli o‘tmoqda

   Ayni kunlarda umumta’lim maktablari o‘quvchilari 1-chorakni yakunlab, ta’tilda dam olishmoqda. O‘quvchilar ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazishlari uchun turli loyihalar asosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday loyihalar dasturiga ko‘ra Toyloq tumanida o‘quvchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘g‘il-qizlar viloyatimizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

Fermer va klasterlar bug‘doyning haqiqiy egasiga aylanmoqda

   Azaldan dehqonchilik yer yuzidagi eng sharafli va mashaqqatli kasblardan biri hisoblanib kelgan. Shu boisdan ham yurtimizda qishloq xo‘jalik sohasi xodimlari doimiy ravishda e’zozlanib, ularning mehnati ulug‘lanadi.
  Prezidentimizning «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan 100 ta maqsadning bir nechtasi aynan agrar sohani isloh qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди