Янгиликлар

KASABA UYUSHMALARI  KUNI NISHONLANDI

   Bugun mamlakatimizda, jumladan tumanimizda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  bayrami keng  nishonlanmoqda.  Shu munosabat bilan Davlat muassasalari  va  jamoat   xizmati   xodimlari kasaba uyushmasi  Toyloq tuman kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi.  Uyushmaga qarashli boshlang‘ich tashkilotlar raislari hamda faollar qatnashgan tadbirda uyushma tuman kengashi raisi N. Jumaboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod qildi. Tadbir so‘ngida  uyushmaning faol a’zolariga sovg‘alar topshirildi.

"Tabiat uchun birlashaylik!"

    Yurtimiz bo‘ylab start olgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ekish mavsumi Toyloq tumanida keng quloch yoydi.  Bugun erta tongdan tumanda "Tabiat uchun birlashaylik!" shiori ostida hashar tashkil etildi.
  Tuman sektorlari rahbarlari boshchiligida o‘tkazilgan hasharda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari,  maktablar,  korxona va tashkilotlar xodimlari, yoshlar, keng jamoat vakillari ishtirok etishdi.  

Toyloqda kasaba uyushmalari kuni nishonlandi

    Tumandagi madaniyat saroyida "11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni"  munosabati bilan  bayram tadbiri tashkil etildi.
   Tadbirda korxona, tashkilot va muassasalar kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari raislari hamda kasaba uyushmalari xodimlari va faollari ishtirok etishdi. 
   Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди