Янгиликлар

Maktabda kitob yarmarkasi tashkil etildi

   Yurtimizda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan, ularni mutolaaga qiziqtirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Toyloq tumanidagi 27-maktabda ham ana shunday tadbirlardan biri -  kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning yoshiga mos bo‘lgan, turli janrlarda yozilgan kitoblar o‘rin oldi.
   Yarmarkada maktab o‘quvchilari va ota-onalar ishtirok etib, o‘zlariga va farzandlariga arzon narxda kitoblar xarid qilishdi.

 

 «BUVIJONLAR  BOGʻI» BARPO ETILDI

   "Obod joyda baraka bo‘ladi", deyishadi. Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoygan "yashil makon" umumilliy loyihasi tumanimizda ham jadallik bilan olib borilmoqda. 
Xonchorbog'  mahallasida ham fidoyi onaxonlar:  M. Ismoilova  Muqaddas Rahmonovalar tashabbusi bilan ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ular 50 tupdan ziyod daraxt ko'chatlari ekib, bog' yaratishdi va unga ''Buvijonlar bog'i'' deb nom qo‘yishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди