Янгиликлар

Assalomu alaykum, qadrli toyloqliklar! Muhtaram do‘stlar!       

   Siz azizlarni, moʻtabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni yangi orzular, yangi rejalar, quvonchu shodliklar ulashib kirib kelgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!
   Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman. Barcha xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
    Yangu yilda barcha orzu-niyatlaringiz ushalsin!
Kelajagimiz vorislari bo‘lmish farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik!

Maktabning kitob fondi boyidi

  Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toyloq tuman 4-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 500 ga yaqin kitoblar sovg'a qilindi.
Shundan, 400 tasi Yoshlar ishlari agentligining Uyg'onish to‘plami, 100 ta kitob esa Yozuvchilar uyushmasi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan chop etilgan o'zbek adabiyotlari hisoblanadi.
  Berilgan kitoblar maktabimiz o'quvchilari uchun yangi yilga ajoyib sovg'a bo'ldi.
Maktab ma'muriyati nomidan Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiramiz!

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди