Янгиликлар

Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

     Mana bir necha kundurki tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan noqonuniy tashqi reklamalar; peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlariga nisbatan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
    Tadbirlar davomida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan 50 dan oshiq tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi.

SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 688 YILLIGI NISHONLANDI

    Toyloq tumanidagi 29-son bolalar musiqa va san'at maktabining teatr bo'limi o'qituvchisi va  o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda, buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning hayoti o’quvchilar tomonidan sahna ko'rinishida  jonlantirildi. 
   Tadbirda so‘z olganlar Amir Temur davlatchiligi, uning turonzaminda tinchlik o‘rnatib, mamlakatning har jihatdan rivoji uchun qo‘shgan hissasi, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi va davlatning qudratli bo‘lishi yo‘lida qilgan sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berishdi.

Kollej faoliyati o‘rganildi

     Maktabgacha ta’lim agentligining pedagog kadrlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Gaffarov Toyloq pedagogika kollejida bo‘ldi.
    Kollej direktori Sh.Asadov bilan ta'lim dargohida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va o‘quvchi-talabalar bilan suhbatlashdi. Ular bilan mutaxassisliklari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazdi. Kollej talabalari tomonidan amaliy darslarda tayyorlagan qo‘l mehnatlari bilan tanishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди