Deputatlar talliotalik tomorqachilar bilan uchrashdi
29.02.2024 - 15:11 Toyloq tumanidagi Talliota mahallasining drayveri asosan ko‘chatchilik bo‘lib, aholi tomorqachilikdan daromad olishadi. Ushbu mahallada “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, talliotalik Saidamirxon Oqilov, Saidakbar Ahrorovlar ko‘chatchilikning hadisini olgan mirishkor dehqonlardan. Ular 20 yildan buyon ko‘chatchilik bilan shug‘ullanishadi. Halol mehnati ortidan 1 yilda 150-200 million so‘m daromad oladi.