Янгиликлар

Toyloqda “Kasbiy olimpiada o‘yinlari”ga start berildi

  Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan har yili ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasini o‘tkazish orqali “Eng yaxshi safdor”, “Eng yaxshi serjant”, “Eng yaxshi kichik ofitser” va “Eng yaxshi katta ofitser” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash belgilab berilgan.

  Shu munosabat bilan, Toyloq tumani IIBda “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasiga start berildi.

Toyloqda DXX kubogi start oldi

   16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida start olgan mazkur kubokning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
     Unda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, DXX viloyat boshqarmasi xodimi K. Fayziyev, DXX tuman bo‘linmasi xodimi Sh. Temurovlar futbol jamoalariga g‘oliblik sari borishlari uchun omad tilashdi. Shundan so‘ng ilk bellashuvlarga start berildi. 

Faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlarga ko‘mak berilmoqda

   Ayni kunlarda Toyloq tumanida sektorlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirokida faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri tumaning 3-sektor hududida bo‘lib o‘tdi. 
  Unda sektor rahbari Oybek Xo‘jamov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshed Xo‘jamurodovlar ishtirok etdi va tadbirkorlarning faoliyatini qayta tiklash maqsadida mavjud muammolarni  o‘rgandi.  

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди