Toyloqda faoliyatsiz tadbirokrlarga ko‘mak berilmoqda
15.04.2024 - 12:45 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur sharoitlar yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi, yangi ish o‘rinlari tashkil etib, aholi bandligini ta’minlaydi.