Янгиликлар

1172 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi

   Toyloq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 17 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
   Tuman bo‘yicha joriy yil yanvar holatiga 1 172 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada tikish-bichish yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 159 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

Tadbirkorlik – iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili

  Keyingi yillarda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Davlatimiz tomonidan ehtiyojmand oilalarga tadbirkorlik qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Fuqarolar bu borada ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalardan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishmoqda. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди