1172 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi
10.02.2023 - 12:25 Toyloq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 17 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Tuman bo‘yicha joriy yil yanvar holatiga 1 172 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada tikish-bichish yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 159 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.