Янгиликлар

Qishloq ko'chalariga tosh to'kilmoqda

   Kunlar ilib, bahor nafasi sezila boshlagan ayni kunlarda mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Toyloq tumani 1-sektor hududidagi O‘ray-Elipok mahallasining tuproq ko‘chalariga tosh yotqizishda tuman obodonlashtirish boshqarmasi bosh-qosh bo‘lishdi.
  Qolaversa, Olmazor, Nayman, Navbahor kabi mahallalardagi jami 2 km ichki ko‘chalarga tosh to‘kib tekislandi. Ayni paytda esa Muborak mahallasida 2,2 km tuproq ko‘chalarga tosh to‘kish ishlari bajarilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди