Янгиликлар

XOTIN-QIZLARNI ISHGA TAKLIF QILAMIZ!

   Toyloq tumani Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan “Janona-Aslzoda” tikuv seyxiga tikuvchi xotin-qizlarni ishga taklif etamiz.Seyxda sport kiyimlari va oyoq kiyimning ustki qismi tikiladi.

Sharoitlar:
   Malakali xodimlar uchun oylik kelishilgan holda - 1milliondan 5 milliongacha;
   Tikishni bilmaydigan xotin-qizlar bir oy o‘quv kursida o‘qitiladi.
   O‘qish davrida stipendiya to‘lanadi.    
   Bepul tushlik.

Image_elon: 

Tepaqishloqda 2.6 km piyodalar yo‘lagi qurilmoqda

    Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasi ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Har bir soha o‘z tarmog‘i bo‘yicha belgilagan vazifalarni sidqidildan bajarishmoqda. 
    Xususan, Tepaqishloq mahallasida 2,6 km piyodalar yo‘lagi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni damda Toyloq tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ish qizg‘in olib borilmoqda.
    Ishni belgilangan muddatlarda tugatish maqsadida maxsus texnikalar va 20 nafar quruvchi-xodimlar jalb qilingan.

“Juma - mahallabay kvadrat tizimi asosida jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni”

   Toyloq tumanida aholi va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida  yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, ularni hushyorlikka chorlash maqsadida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
Xususan, bugun “Juma - mahallabay kvadrat tizimi asosida jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni” munosabati bilan Toyloq tumanidagi 22-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди