Янгиликлар

NAZM VA NAVOGA OSHUFTA DILLAR

     Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri  Alisher Navoiy tavlludining 583 yilligi  hamda shoir, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunning 541 yilligiga  bag‘ishlab «Nazm va navo» deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori o‘rinbosari A. Qobilov kirish so‘zi bilan ochgan  tadbirda o‘quvchilar tomonidan buyuk siymolar ijodi va faoliyati aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Mahalla ettiligi uchun seminar o'tkazildi

   Toyloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumandagi 2-4-sektor mahallalari yettiligi ishtirok etmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди