Bobur tavalludi nishonlandi
14.02.2024 - 14:10
Тойлоқ туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavlludining 583 yilligi hamda shoir, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunning 541 yilligiga bag‘ishlab «Nazm va navo» deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori o‘rinbosari A. Qobilov kirish so‘zi bilan ochgan tadbirda o‘quvchilar tomonidan buyuk siymolar ijodi va faoliyati aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Toyloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumandagi 2-4-sektor mahallalari yettiligi ishtirok etmoqda.