QO’SHA QARISH SAODATI
17.04.2024 - 15:59Yastepa mahallasida yashovchi Avaz Ne’matov, O‘lmas Samadov, Toshpo‘lat Qayumov, Abduroziq Toshpo‘latovlar yetmish yoshdan oshib, turmush o‘rtoqlari bilan qo‘sha qarish saodatiga erishgan baxtli oilalardan. Ellik yildan oshiq vaqt bir-biriga yelkadoshu suyanch bo‘lgan bu insonlarning umr yo‘li, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onni asrab-avaylab kelayotgani hozirgi ko‘plab yoshlar uchun ibrat maktabi, desak yanglishmaymiz.