Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbir oldidan o’tkazilgan xizmat oldi yo’riqnomasida tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, xizmat xodimlariga fuqarolar osoyishtaligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida zarur ko’rsatma va topshriqlar berdi.
Shundan so’ng sektor rahbarlari qizil toifaga tushgan Zarafshon va Jumabozor mahallarida bo'lib, mahalla beshligi bilan uchrashishdi. Mahallani xavfsiz hududga aylantirish bo'yicha tushuncha va ko'rsatmalar berishdi.