Toyloqda 31 nafar o‘quvchi turli halqaro va nifuzli Oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga kirgan

   Bugun respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. Xususan, Toyloq tumanida o‘tkazilgan tadbirlarda tuman sektorlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etishdi.       
     Bilim dargohlarida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha bitiruvchi yoshlarimizga tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikni tinglagan barcha bitiruvchi o‘quvchilar qalbida g‘urur, shu bilan birga ulkan mas’uliyat hissi ham uyg‘ond, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 ta'kidlash mumkinki,  joriy o‘quv yilida Toyloq tumanida 2098 nafar o‘g‘il qizlar yangi hayot ostonasiga qadam qo‘yishadi. Ularning 42 nafari oltin, 19 nafari esa kumush medal bilan bitirishmoqda. 31 nafar o‘quvchilar turli xalqaro va nifuzli Oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga kirishgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди