Bog‘chalarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish muhim masala

 

  Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarni to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlantirish masalasi muhim hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni takomillashtirish, xususan,  maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish, ovqat tayyorlash uchun mas’ul xodimlar (hamshiralar, oshpazlar va ombor mudirlari)ning bilimlarini mustahkamlash tizim mas’ullarining muhim vazifalaridan biridir.

   Bugun Toyloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminar ham shu maqsadga qaratildi. 
    Tadbirdan “Sog‘lom ovqatlanish” nomli ko‘rgazmali stol o‘rin olgan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining 10 kunlik taomnomasi, shuningdek, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin oldi. Seminarning keyingi qismida esa 2023 yilning 17 fevralidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga (0016-21-son sanqvan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarori taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

   Unda maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari, xo‘jalik ishlari mudirlari, hamshiralari uchun taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat ombori ishini to‘g‘ri tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar ovqatlantirishini tashkil etishda sanitariya-gigiyena talablari va qoidalarining bajarilishini ta’minlash borasidagi bilimlari oshirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди