Muammo bartaraf etildi

Muosabat

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toyloq tumani Tuyoqli qishlog‘ida ichimlik suvi hamda suyultirilgan gaz balloni bilan bog‘liq mummolar haqida post e’lon qilindi. 
Mazkur muammo  mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Aniq bo‘lishicha, Tuyoqli qishlog‘idagi ichimlik suvi minorasining elektr energiyasidan qarzdorligi borligi sababli vaqtincha o‘chirilgan. Ayni damda suv minorasi ishga tushirildi va qishloq aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 
Shuningdek, “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ullari Tuyoqli qishlog‘i aholisi uchun 25 may kuni suyultirlgan gaz ballonlari tarqatilishini ma’lum qilishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди