Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

    Unda Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 71-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
   Jumladan, mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda aholini qiynab kelayotgan, ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i B.Xushnazarovning, tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i A.Siddiqovning hisobotlari tinglandi/ Shuningdek, tumandagi tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari hamda tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi hisobotlar doimiy komissiya a’zolarining muhokama markazida bo‘ldi.  
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди