Sessiyaga taklifingiz bormi?

   “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 28 yanvar kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

    Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:                             

   1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilovning 2021-yil davomida tumandagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

   2.Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori A.Saypiddinovning 2021-yil yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

    3.Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Tog‘ayevning 2021-yil davomida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisaboti to‘g‘risida.

    4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori ijrosi yuzasidan,   hududlarda aholi, korxona, tashkilot va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish borasida qilingan ishlar to‘g‘risida.

       5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan  ishlar  to‘g‘risida.

        6.O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Toyloq tumanidagi ayrim mahalla, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida.

        7. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida 

        8.Boshqa masalalar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди