Ijro intizomi qat’iy nazoratga olinadi

  Ayni kunlarda Toyloq tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda ijro intizomi tahlil qilinyapti. Jumladan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi o‘rganildi.

   Aniqlanishicha, I-yarim yillik ish reja ishlab chiqilgan bo‘lib, 2021-yil 30-dekabrdagi 76-PQ sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan. Inspeksiyada 2021 yil sentyabr oyidan ijro.srdv.uz tizimi va 2021 yil 24 noyabrt kunidan e’tiboran Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi joriy etilgan.

   2021 yil davomida ijro.srdv.uz tizimi orqali 1 ta va Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2 ta topshirig‘i hamda jismoniy shaxslarning 2 ta murojaati kelib tushgan.  

    2021-yil davomida Is Doc Flow hujjatlar almashinuvi tizimi orqali 14.01.2022 yil sanasiga qadar tuman hokimligi tomonidan 175 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, 78 ta hujjat ijro uchun, qolgan 97 ta hujjatlar ma’lumot uchun qabul qilingan.

- Ijro uchun yuborilgan 78 ta hujjatlarning 2 tasining ijrosi muddati kechiktirib tizimga kiritilgan.

- Ma’lumot uchun yo‘naltirilgan hujjatlarning 1 tasi ochib ko‘rilmagan.

   Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Toyloq tuman inspeksiyasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 27 ta murojaatlarni qabul qilib olgan.

Jumladan;

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali 10 ta;

Jismoniy shaxslar tomonidan 9 ta;

Yuridik shaxslar tomonidan 5 ta;

Samarqand viloyat hokimining ishonch telegon va telegram messendjeri orqali 3 ta;

-Shundan 2 ta, ya’ni tumanning Navbahor mahallasida yashovchi Sohibova Dilorom va Shopulot mahallasida yashovchi Hayitov Botiralilarning murojaat ijro muddati buzilgan holda ijrosi ta’minlangan.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди